New Straits Times nashrining xabar berishicha, Raub shahri yaqinidagi Musang King bog‘larida mahalliy hokimiyat buyrug‘iga ko‘ra taxminan 200 ta durian turdagi mevali daraxt kesilgan. Bu holat fermerlar noroziligiga sabab bo‘ldi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, mahalliy hokimiyatushbu daraxtlar noqonuniy ekilgan deb baholab, ularni kesish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Fermerlar bu qarorni sudda bahslashgan, ammo sud ularning talabini rad etgan.
Shu bilan birga, Raubdan saylangan parlament aʼzosi Chou Yu Xui maʼlum qilishicha, daraxtlar oldindan hech qanday ogohlantirishsiz kesilgan. Uning taʼkidlashicha, apellyatsiya jarayoni yakunlanmagan.
Sud qaroriga ko‘ra, apellyatsiya tugamagunigacha, bu hududda daraxtlarni kesish taqiqlangan. Shu bois, amalga oshirilgan kesish harakati sud buyrug‘iga zid ekani aytilmoqda. Fermerlar esa ushbu daraxtlarni parvarishlash uchun o‘nlab yillar mehnat qilganini taʼkidlashmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40509 | Инструменты