Huawei 1
Samarqandda avtobus maktab yaqinida yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib yubordi. U voqea joyida vafot etgan

2024-yil 14-noyabr kuni soat taxminan 0800 larda Samarqand shahar, “Kamoliddin Behzod” mahallasi hududidan o‘tuvchi Amir Temur ko‘chasida haydovchi F.S. boshqaruvida bo‘lgan “ISUZU” rusumli jamoat transportini boshqarib borib, Samarqand shahar XTBga qarashli 12-sonli umumta’lim maktabi yaqinida yo‘lni o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan.

YTH natijasida, piyoda voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan F.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111423 | Инструменты