Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum AQSHga javoban tarif va notarif choralarini joriy qilishini va’da berdi, ammo hozircha tafsilotlarni oshkor qilmadi. Kutilishicha, bu choralar Qo‘shma Shtatlar mahsulotlariga 25% miqdoridagi bojlarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, Sheynbaum Trampning "Meksika hukumati narkokartellar bilan noqonuniy tarzda hamkorlik qilmoqda" degan bayonotini "Meksikaga nisbatan bo‘hton" deb atadi.
Xitoy esa Trampning bayonoti Jahon savdo tashkiloti (JST) qoidalarini jiddiy buzishini ta’kidladi.
"Xitoy bundan qattiq norozi va qat’iy qarshi chiqadi", deyiladi Xitoy Savdo vazirligi bayonotida.
Shuningdek, Xitoy "noqonuniy savdo amaliyotlari" uchun JSTga AQSHga qarshi shikoyat kiritishini va o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun javob choralari ko‘rishini ma’lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20217 | Инструменты