Meteorolog Turkiyaning Eron bulutlarini "o'g'irlagani" haqidagi da'volarga izoh berdi

Turkiyaning Eronning yomg‘irli bulutlarini o‘g‘irlashi haqidagi da’volar asossiz nazariyadan boshqa hech narsa emas, ma’lum bir mamlakatda qurg‘oqchilikning sababi global iqlim o‘zgarishidir, dedi Istanbuldagi Aydin universiteti professori meteorolog Guven Ozdemir.

Forbes jurnali avvalroq Eron rasmiylari mamlakat shimolidan yomg‘irli bulutlar yo‘qolishi bilan bog‘liq vaziyatni tekshirish uchun komissiya tuzgani hamda ularning nazdida, Turkiya go‘yoki bulutlarni" o‘g‘irlashi" keltirilgan. Dalil sifatida Turkiyaning sharqida fotosuratlar keltiriladi: u yerda tog‘lar qor bilan qoplangan va muntazam ravishda yomg‘ir-qor yog‘adi, qo‘shni Eronda bir tomchi ham yog‘in yo‘q.

Nashrning ta’kidlashicha, bunday ayblovlar birinchi marta emas – masalan, 2018-yilda Islom inqilobiy gvardiyasi korpusi vakili Isroil va BAA Eronning iqlimiga ta’sir o‘tkazishga urinayotgani da’vo qilingan.

Ozdemirning so‘zlariga ko‘ra, "yomg‘ir bulutlarini o‘g‘irlash" g‘oyasini himoya qilish yoki hatto bunday narsa haqida o‘ylashga urinish hech qanday asos va dalillarga ega bo‘lmagan va qasddan chalg‘itadigan nazariyadan boshqa narsa emas.

Shuningdek, u, masalan, 2023-yilda Turkiya bir necha oy davomida issiqlik va qurg‘oqchilik changalida bo‘lganini, Istanbulda yog‘ingarchilik bo‘lmagani va suv omborlaridagi suv zaxiralari juda past darajaga tushganini eslatib o‘tadi.

Shu bilan birga, Turkiyaning g‘arbiga yaqin Gresiya, Bolgariya, Ruminiya va boshqa qo‘shni mamlakatlarda kuchli yomg‘ir yoqqani, ammo ular har doim ham turk diyoriga yetib kelmayotganini qo‘shimcha qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты