Miyasiga chip o‘rnatilgan odam shaxmat o‘ynadi

Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi katta qadam tashladi — miyasiga o‘rnatilgan chip bilan kompyuterni boshqara oladigan bemorini ommaga ko‘rsatdi.

Miyasiga chip o‘rnatilgan shaxs — suvga sho‘ng‘ishda baxtsiz hodisaga uchrab, oqibatda yelkasigacha shol bo‘lib qolgan 29 yoshli Noland Arbo.

Neuralink klinik sinovlarida ilk bemor sanalgan Arbo fikran boshqarib, shaxmat o‘ynay olishini ko‘rsatdi. Implant (chip) uning miyasidagi to‘lqinlarni kompyuter kursori buyrug‘iga aylantiradi va donalarni shaxmat taxtasi bo‘ylab siljitish imkonini beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50219 | Инструменты