Huawei 1
MMA jangchisi Magomed Zaynalov mushugini qutqaraman deb 10-qavatdan tushib ketdi

MMA jangchisi, "Venom" laqabli Magomed Zaynalov 10-qavatdan tushib ketdi. Bu haqda MMA ligasining yana bir vakili Eduard Kuzminov xabar berdi.

"Bugun ertalab men qayg‘uli xabar oldim. Magomed Zaynalov 10-qavatdan yiqilib, hozir reanimatsiyada. 2-fevral kuni biz jang qilishimiz kerak edi. Men bu jangda g‘alaba qozonmoqchi edim. Biroq endi "Venom" tuzalib ketishi uchun ibodat qilmoqchiman"— dedi Kuzminov ijtimoiy tarmoqlarda.

SHOT  telegram-kanali 24 yoshli jangchi yiqilganidan keyingi dastlabki daqiqalar tasvirini e’lon qildi. U mashina ustiga qulagani sabab tirik qolgan. Zaynalovning yiqilishiga mushugi sababchi bo‘lib, jangchi uni qutqarishga harakat qilgan. Magomedning rafiqasining so‘zlariga ko‘ra, ular yaqinda ijaraga olingan kvartirada uy hayvonini olishgan. Mushuk balkonga sakrab chiqqan va kanalizatsiyaga tiqilib qolgan. Zaynalov unga qo‘l cho‘zib, tutqichni ushlolmay yiqilgan. Uning oyoqlari va tos suyagi singan.

Qayd etilishicha, Zaynalov qulab tushgan Nissan X-Trail avtomobili egasi voqea sug‘urta hodisasi emasligi sababli uni sudga berishni rejalashtirgan.

Jangchining menejeri Vitaliy Tarasovning aytishicha, hozirda sportchining hayoti xavf ostida emas.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11215 | Инструменты