Fransiyaning “Monako” klubi ishqibozi Julien Bur jamoaning 1146 ta original libosidan iborat noyob kolleksiyasini namoyish qilib, jahon rekordini yangiladi. Kolleksiyada klub tarixidagi eng muhim o‘yinlarda kiyilgan liboslar jamlangan.
To‘plam “Monako” klubining performans markazida joylashtirilgan bo‘lib, futbolkalar maydon bo‘ylab diagonal shaklda tartib bilan namoyish etildi. Bularning barchasi turli yillarda Liga 1, Chempionlar ligasi, Fransiya kubogi va De la Liga kubogi musobaqalari davomida to‘plangan original liboslardir.
Julien Burni so‘zlariga ko‘ra, u 2000 yilda “AJ Oser” va “Monako” o‘rtasidagi bahsni ko‘rgach, jamoaga bo‘lgan muhabbati tufayli libos to‘plashni boshlagan.
“O‘shanda ‘Monako’ Fransiyada yettinchi chempionligini qo‘lga kiritgan edi. Shu kun men uchun o‘chmas xotira bo‘lib qolgan”, — deydi Bur.
Kolleksiyada “Monako”ning turli avlod futbolchilariga tegishli tarixiy liboslar ham bor. Ular orasida David Trezegening 1998-yilda “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda kiygan futbolkasi, Ludovik Jyulining 2004-yilgi Chempionlar ligasi libosi, Kylian Mbappening Gambardella kubogi finalidagi libosi va Manuel Amorosning 1985–19866-yilgi Fransiya kubogi bahsidagi libosi mavjud.
Julien Bur bu kolleksiyasini ilk bor ochiq havoda namoyish etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111405 | Инструменты