Huawei 1
Moskvada migrantlar uchun patent narxi oshadi

Moskvada 2025-yilda muhojirlar uchun patentlar narxi 8,9 ming rublni tashkil etadi, bu amaldagi qiymatdan deyarli 1,5 ming rublga qimmat. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyaninga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Muhim masala — migrantlar soliqlar nuqtayi nazaridan fuqarolarimiz bilan taqqoslanadigan miqdorda pul to‘lashi lozim. Biz fuqarolarimizning oylik daromad solig‘i to‘lovlarini hisobga olamiz va buni ushbu toifa ishchilar bilan solishtiramiz. 

Hozirda bizda patent uchun oylik to‘lov 7,5 ming rubl, aslida, bu daromad solig‘i bo‘yicha avans hisoblanadi. 1-yanvardan boshlab bu miqdor 8,9 ming rublni tashkil etadi”, dedi Sobyanin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish beruvchilarning migrantlar va Rossiya fuqarolariga sarflaydigan xarajatlarini tenglashtiradi.

“Bu mexanizm ancha oldin yaratilgan bo‘lib, u aynan migrantlar ish beruvchilarga fuqarolarimizga qaraganda arzonroq tushmasligini tartibga soladi”, deb tushuntirdi Moskva meri.

Sobyanin Moskvada berilgan mehnat patentlari sonida sezilarli o‘sish kuzatilmagani, u hozirda 450 mingga yaqinni tashkil etishini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102722 | Инструменты