Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Everest tog’ining balandligi o’zgargan emish
Seshanba kuni Nepal va Xitoylik mutaxassislar Everest tog’ining balandligi avval e’lon qilingandan ham yuqori ekanligini ta’kidladilar.
Katmandu va Pekin aniq ko'rsatkichni qayd etish maqsadida o'z ekspeditsiyalarini yubordi. Tadqiqotlar tog'ning rasmiy balandligi 8,848 metr va 86 santimetr ekanligini ko’rsatdi. Bu avvalgi raqamdan deyarli yarim metr ko’pdir.
Nepal shu kungacha biror marta Everestning balandligini mustaqil ravishda o'lchab ko’rmagan. Ma’lumot tariqasida esa 1954 yilda Hindiston ekspeditsiyasi doirasida olingan raqamlar qo’llanilgan.
Xitoylik mutaxassislarning ta’kidlashicha, Everestning balandligi tog’li qatlamni hisobga olmaganda 8,844 metr va 43 santimetrni tashkil qiladi.
Alpinistlarning fikriga ko’ra, tog’ balandliginig o’zgarishiga 2015 yilda 9,000 kishining hayotiga zomin bo’lgan Nepalda yuz bergan zilzila sabab bo’lgan bo’lishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62206 | Инструменты