Huawei 1
NATO: Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari 900 ming kishidan oshdi

Rossiya Ukrainaga to‘liq miqyosli bostirib kirish boshlanganidan beri 900 ming harbiyni yo‘qotdi, ulardan 250 mingga yaqini halok bo‘ldi. Bu ma’lumotlarni NATOning yuqori martabali rasmiysi 3 aprel, payshanba kuni Bryusselda alyans mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi chog‘ida o‘tkazilgan brifingda keltirib o‘tdi. Yarador bo‘lgan ko‘pchilik rossiyalik harbiylar tibbiy yordam ko‘rsatilmagani tufayli umrbod nogiron bo‘lib qoldi, dedi u.

Rossiya armiyasi kuniga 1000 dan ortiq odamni yo‘qotishda davom etmoqda, ammo Shimoliy atlantika alyansi ma’lumotlariga ko‘ra, uning yollash darajasi hozircha yo‘qotishlariga mos keladi. «Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi yurishi sekinlashmoqda, uning yo‘qotishlari ortib bormoqda, ammo Rossiya rasmiylari kichik muvaffaqiyatlar evaziga katta yo‘qotishlarni davom ettirishga tayyor», — deya xulosa qildi rasmiy. U rus jamiyati bunga chidashga tayyor bo‘lmaydigan darajaga yetganiga ishonmayapti.

NATO bahosiga ko‘ra, jang maydonidagi vaziyat juda og‘irligicha qolmoqda. Uning prognozlariga ko‘ra, Rossiya urushni uzaytirish va muzokaralarda muvaffaqiyat qozonish uchun ustunligini oshirish maqsadida front chizig‘ida va butun Ukraina hududida Ukraina qurolli kuchlariga bosimni oshirishda davom etadi. Muvozanat hali ham Ukraina tomonida emas, Rossiya o‘zining ustunligi va tezligini saqlab turibdi, shuningdek, Ukraina armiyasidagi defitsitlar evaziga g‘alaba qozonishga harakat qilmoqda.

«Jang maydonida ruslar o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorlanayotganidan darak yo‘q, - dedi NATOning yuqori martabali rasmiysi. - Biz Rossiyaning bu urushdagi maqsadlari o‘zgarganini ko‘rmayapmiz».

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41106 | Инструменты