Huawei 1
NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg G‘arbning maxfiy tashkilotiga rahbarlik qiladi

NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg g‘arbning maxfiy tashkiloti “Bilderberg klubi”ga rahbarlik qiladi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Nashr sobiq bosh kotib (2014–2024) Yens Stoltenbergning g‘arblik vazirlar, bankirlar, sanoatchilar va yuqori martabali josuslarning maxfiy yig‘ilishlariga rahbar etib tayinlanishini AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning kutilayotgan qasamyod marosimi bilan bog‘lamoqda. 

Bildirilishicha, “Bilderberg klubi”ga rahbarlik qilishdan tashqari, Stoltenberg xalqaro siyosat masalalari muhokama qilinadigan yana bir noformal forum — Myunxen xavfsizlik konferensiyasi raisi lavozimini ham egallaydi.

Ta’kidlanishicha, sobiq bosh kotib dastlab transatlantik siyosat sohasidagi tajribasi va klub faoliyatini yaxshi bilgani tufayli klub faoliyatiga jalb qilingan. Stoltenberg ilk bor 2002 yildagi yig‘ilishda ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, 1954 yilda tashkil etilgan “Bilderberg klubi” dastlab Sovet Ittifoqiga qarshi yo‘naltirilgan. Endi esa uning maqsadi “Rossiya tahdidiga qarshi kurash” sifatida ko‘riladi. Tashkilot Alp tog‘laridagi hashamatli mehmonxonalarda o‘tkaziladigan maxfiy uchrashuvlari bilan e’tiborni tortib keladi. Bu uchrashuvlarda ishtirokchilar xalqaro aloqalar, iqtisodiyot va xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122815 | Инструменты