Rossiyaning Saratov oblastida migrantlarga shifokor, o‘qituvchi va amaldor bo‘lib ishlash taqiqlandi.
Patent bo‘yicha ishlayotgan chet elliklarga nisbatan bu taqiq 2025 yilda kuchga kiradi, deb xabar berdi Saratov oblasti maʼmuriyati. Avvaldan mavjud cheklovlar kengaytirilib, taʼlim va sog‘liqni saqlash, shuningdek, davlat idoralaridagi ishlarni ham qamrab oldi.
Noyabr oyida Saratov maʼmuriyati 2025 yildan boshlab migrantlarga kuriyer bo‘lib ishlashni taqiqladi. Bungacha ularga umumiy ovqatlanish, taksi va jamoat transportida ishlash taqiqlangan edi.
Bundan tashqari, bir necha yillar davomida Saratov oblastida migrantlarni tekshira oladigan tibbiyot muassasalari soni uch baravar 60 tadan 20 taga qisqardi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122906 | Инструменты