Huawei 1
Nepalda Everest va boshqa 8 ming metrlik cho‘qqilarga yolg'iz chiqish taqiqlandi

Nepal hukumati Everestga (8 849 m) va balandligi 8 ming metrdan ortiq bo‘lgan boshqa cho‘qqilarga yolg‘iz chiqishni taqiqladi. Bu haqda The Kathmandu Post xabar berdi.

Ko‘rib chiqilgan qoidalar yolg‘iz ekspeditsiyalarni taqiqlaydi va sakkiz mingga metr balandlikka chiquvchi har ikki alpinist uchun gid tayinlanishini talab qiladi. Boshqa cho‘qqilar uchun qoida har bir guruhga kamida bitta gidni yollashni talab etadi.

“Biz alpinistlarning xavfsizligini ta’minlash uchun gidlarni majburiy qilib qo‘ydik, ayniqsa sakkiz ming metrli balandlikda. Alpinistning tajribasidan qat’i nazar, cho‘qqilarga yolg‘iz chiqish davri tugadi”, deydi Nepal turizm departamenti bosh direktori Narayan Prasad Regmi.

Everestni zabt etish ruxsatnomasi uchun to‘lov oshdi

1-sentyabrdan boshlab bahor mavsumida (martdan maygacha) odatdagi janubiy yo‘nalish bo‘yicha ko‘tariladigan xorijliklar uchun to‘lov kishi boshiga 11 ming dollardan 15 ming dollargacha oshdi. Kuz mavsumida (sentyabr — noyabr) narx 5,5 ming dollardan 7,5 ming dollargacha ko‘tarildi.

Qishki (dekabr–fevral) va musson (iyun–avgust) mavsumlari uchun bir kishilik narx 2,75 ming dollardan 3,75 ming dollargacha oshdi.

Rasmiylar chiqindilarni utilizatsiya qilish, balandliklarda ishlaydigan nepalliklarning ijtimoiy ta’minoti va davlat daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Alpinistlar yuqori hududlardagi har qanday chiqindilarni yig‘ish va ularni tushirish uchun o‘zlari bilan biologik parchalanadigan paketlarni olib yurishi kerak.

Yangi qoidalarga ko‘ra, alpinistlarga turizm departamenti tomonidan berilgan ruxsatnomada ko‘rsatilmagan narsalarni olib yurish taqiqlanadi.

2024-yilgi bahor mavsumida cho‘qqiga ko‘tarilish uchun 421 ta pullik ruxsatnoma berilgan. 600 ga yaqin alpinist, jumladan, 200 nafar xorijlik cho‘qqiga chiqqan va 2 mingga yaqin kishi bazaviy lagerga tashrif buyurgan. Sakkiz alpinist halok bo‘lgan. Umumiy hisobda barcha ekspeditsiyalar 100 tonnaga yaqin chiqindi hosil qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20617 | Инструменты