Huawei 1
Neuralink chipi o‘rnatilgan erkak bir haftada fikr kuchi orqali videoo‘yin o‘ynashni o‘rganib oldi

AQSHning Aydaho shtatida yashovchi Rob Greyner inson imkoniyatlari chegarasini zamonaviy texnologiyalar yordamida kengaytirish mumkinligining tirik isbotiga aylandi. O‘n yildan ortiq vaqt davomida itlarni o‘rgatuvchi bo‘lib ishlagan erkak 2022 yil dekabrda avtomobilda YTHga uchraganidan keyin harakatlanish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Endi u miyasiga joylashtirilgan chip yordamida raqamli makon bilan qanday aloqa o‘rnatganini namoyish etmoqda.

Greyner 2025 yil 14 iyun kuni miyasiga Neuralink kompaniyasining neyroimplantini o‘rnatish bo‘yicha operatsiyani boshdan o‘tkazdi. Jarrohlik aralashuvi asoratlarsiz o‘tdi, bir necha kundan keyin esa bemor yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni boshladi.

Natijalar kutilganidan ham aʼlo. Operatsiyadan atigi bir hafta o‘tib Greyner o‘zining o‘yin o‘ynash ko‘nikmalarini namoyish etayotgani tasvirlangan videoni eʼlon qildi. Noutbuk qarshisida o‘tirgan erkak xuddi ekranga shunchaki tikilayotgandek. Ammo kursor uning fikr kuchi yordamida harakatlanayotganini ko‘rish mumkin.

«Neuralink bilan bir haftadan kamroq vaqt ichida erishgan narsam hayratlanarli!», — deb yozadi bemor ijtimoiy tarmoqqa. U hech qanday qo‘shimcha qurilmalar — na ko‘zni kuzatish yoki boshqa yordamchi texnologiyadan foydalanmagan. Faqat implant va oddiy noutbuk.

Greyner ushbu inqilobiy texnologiya imkoniyatlarini sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan oltinchi insonga aylandi. Ilk bor Neuralink chiplari arizonalik Noland Arboga 2024 yil yanvarda o‘rnatilgan edi. U nafaqat kompyuterni boshqarishni, balki til o‘rganish, shaxmat o‘ynash va do‘stlarini onlayn o‘yinlarda yutishni ham o‘rganib olgan.

Texnologiya miyadan keladigan elektr signallarini o‘qish va ularni tashqi qurilmalar uchun buyruqlarga aylantirish orqali ishlaydi. 2016 yilda Ilon Mask tomonidan asos solingan Neuralink tashqi tomondan ko‘rinmaydigan va istalgan joyda kompyuter yoki mobil qurilmani boshqarish imkonini beruvchi interfeysni yaratgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62410 | Инструменты