Huawei 1
Zelenskiy: Rossiya bosib olgan barcha hududlarni qaytarishga kuchimiz yetmaydi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan bosib olingan ayrim hududlarni qaytarishga armiyaning kuchi yetmasligini aytdi. Bu haqda u Kyodo agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Siyosatchining fikricha, “dushman” egallab olgan barcha yerlarni kuch bilan qaytarib olish nihoyatda mushkul bo‘ladi. Shu sababli Ukraina prezidenti bu masalada diplomatik yondashuv zarurligini aytdi. Zelenskiy hozirda frontda og‘ir vaziyat kuzatilayotgani, dushman Ukraina kuchlari pozitsiyalariga hujum qilishda davom etayotganini aytdi.

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni davlat nazoratiga qaytarish mumkinligi haqida gapirdi.

Rossiya tomonidan bosib olingan ba’zi hududlarni, shu jumladan Qrimni kuch bilan qaytarish qiyin. Armiyamizning bunga kuchi yetmaydi. Bu haqiqat. Biz diplomatik yechimlarni topishimiz kerak, dedi Zelenskiy.

Biroq, u Ukraina “yetarli darajada kuchli” ekaniga ishonch hosil qilsagina, har qanday diplomatik qadamlarni boshlash mumkinligini bildirdi. Aks holda, Vladimir Zelenskiy fikricha, Rossiya yangi tajovuzni boshlashi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120217 | Инструменты