Huawei 1
Olaf Shols Germaniya kansleri lavozimiga qayta saylanish niyatida ekanini aytdi

Germaniya kansleri Olaf Shols 2025-yilda hukumat rahbari lavozimiga qayta saylanish niyati borligini ma'lum qildi. 

"Kansler sifatida men yana kansler bo‘lish uchun nomzodimni qo‘yaman", dedi Shols an’anaviy yozgi matbuot anjumanida.

Shols o‘zining sotsial-demokratik partiyasi va hukmron koalitsiyaning reytinglari past bo‘lishiga, shuningdek, partiyasi Yevropa parlamenti saylovlarida muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga qaramay ilgari ham shunday bayonotlarni bergan edi.

Ma'lumot o'rnida, Olaf Shols 2021-yildan beri Germaniya kansleri hisoblanadi. Germaniyada kansler Bundestag tomonidan saylanadi. Navbatdagi saylov 2025-yilda o‘tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90718 | Инструменты