Huawei 1
Olimlar Quyosh Yerdagi barcha tirik mavjudotni qachon yo‘q qilishi mumkinligini aniqladi

Chikago universiteti tadqiqotchilari Quyoshda sodir bo‘layotgan global o‘zgarishlar tufayli besh milliard yildan so‘ng Yerda hayot barham topishini tahmin qilishdi. Bu haqda The Planetary Science Journal jurnali va “Glavniy regional” telekanali xabar bermoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yulduzning qarishi natijasida Quyosh tizimidagi bir nechta sayyora yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Quyoshda harorat ko‘tarilishi bilan Yerda karbonat angidrid gazi miqdori ortib, o‘simliklar nobud bo‘ladi. Natijada ularsiz sayyorada kislorod yo‘qoladi.

“Agar o‘simliklar nobud bo‘lsa, kislorodga bog‘liq bo‘lgan boshqa organizmlar ham yashay olmaydi”, deyiladi maqolada.

Shu bilan birga, tadqiqotchilar insoniyatning o‘sha paytgacha yetib borishiga kafolat bera olmaydilar. Ularning fikricha, odamzodning halok bo‘lishiga Quyoshning qarishi emas, balki vulqonlarning ommaviy otilishi yoki litosfera plitalarining tektonik harakati sabab bo‘ladi.

Avvalroq, olimlar Yerni samolyotlar yordamida sovitish usulini topgani haqida xabar qilingandi. Buning uchun 13 km balandlikka ko‘tarila oladigan Boeing 777F yuk tashuvchi samolyotlaridan foydalansa bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51203 | Инструменты