Huawei 1
Koronavirusning "omikron" shtammi yangi alomatlar bilan namoyon bo‘lmoqda

Yana sanoqli kunlardan so‘ng kuz mavsumi boshlanadi. Salqin ob-havo sharoitida esa odamlar asosiy vaqtini yopiq bino va inshootlarda o‘tkazishi tabiiy. Qolaversa, oldinda yangi o‘quv yili. Bolajonlar maktablarga, talabalar oliy o‘quv yurtlariga qaytadi.

Bularning barchasi koronavirus infeksiyasining keng tarqalishi uchun qulay muhit. Shu bois, mutaxassislar kelgusi oylarda dunyoda kasallanish ko‘rsatkichlari yanada oshib ketishi mumkinligidan tashvishda.

Ana shunday sharoitda shifokorlar “omikron”ning ayni paytda dominantga aylangan shtammlariga xos asosiy kasallik belgilari haqida boyitilgan ma’lumotlarni taqdim etmoqda.

Xususan, hozir birgina Rossiyada COVID-19 tashxisi bilan ro‘yxatga olinayotganlarning qariyb 93 foizida B.A.4 va B.A.5 subvariantlari alomatlari kuzatilmoqda. Shu bilan birga, bemorlar orasida “kentavr”ni yuqtirganlar ham bor.

Mutaxassislar fikricha, yo‘tal va hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi endi koronavirusga xos asosiy alomat hisoblanmaydi. Ya’ni ushbu belgilarsiz, qolaversa, umuman simptomsiz ham kasallik kechishi mumkinligi takror-takror o‘z isbotini topmoqda.

Shifokorlar kuzatuviga ko‘ra, bugungi kunda mushaklar va bel sohasidagi og‘riqlar ham COVID-19dan dalolat berishi mumkin. Ayniqsa, bosh va ko‘zlarda og‘riqlar kuzatilishi “omikron”ning yangi mutatsiyalariga xosdir. Chunki keyingi paytlarda faqat shu belgilar bilan murojaat qilayotganlarda ham koronavirus infesiyasi aniqlanyapti.

Xo‘sh bu nima bilan bog‘liq?

Olimlar fikricha, dunyo aholisining katta qismi emlangan yoki avvalroq virus bilan kasallangan. Shundan so‘ng organizmda antitanalar yuzaga kelganligi esa xastalik alomatlari o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda.

Binobarin, bu har bir yangi shtamm, har bir yangi tur, aslida, yangi xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, asta-sekin inson tanasiga moslashishini anglatadi. Natijada kasallikning kechishi osonlashib, asoratlar yengillashadi.

Bunga doir yaxshi xabarlar ham bor. Masalan, shifokorlar prognoziga ko‘ra, endi bemorlarning salomatligi 2-3 kun ichida maxsus muolajalarsiz ham tiklanishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Yaponiyada koronavirus bo'yicha eng yuqori kunlik holat qayd etilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51123 | Инструменты