“Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan “Oppengeymer” rejissyori Kristofer Nolan ritsar unvonini oladi. Uning rafiqasi, kino prodyuseri Emma Tomas xonim unvonini oladi.
"53 yoshli Nolan faoliyatidagi ilk “Oskar” mukofotini (eng yaxshi rejissyor) mart oyida "atom bombasining otasi" haqida suratga olingan “Oppengeymer” biografik filmi uchun qo‘lga kiritgandi. “Oppengeymer”, shuningdek, "eng yaxshi film" nominatsiyasini ham oldi, mavsumning eng sovrindor kinoasariga aylandi", — deb yozdi kanal.
Kristofer Nolan “Esla” (2000), «Betmen: Ibtido» (2005), «Qora ritsar» (2008), “Ibtido” (2010), “Interstellar” (2014), «Betmen Supermenga qarshi» (2016), “Dyunkerk” (2017) kabi o‘nlab filmlari bilan tilga tushgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, Kristofer Nolanning rafiqasi Emma Tomasga ledi (xonim) maqomi beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110722 | Инструменты