Buyuk Britaniya qiroli Charlz III rejissyor Kristofer Nolanni «kinematografiyaga qo‘shgan ulkan hissasi uchun» ritsar unvoni bilan taqdirladi.
Rejissyorning rafiqasi hamda prodyuseri Emma Tomasga esa ledi maqomi berildi. Bukingem saroyi oilaviy kinojuftlik mehnatlari natijasida «Qora ritsar» trilogiyasi hamda “Oppengeymer” filmlari yaratilganiga eʼtibor qaratdi.
Nolan jurnalistlar bilan suhbatda o‘z filmlaridan Charlz III xabardor ekanini bilish uni mamnun etganini yashirmadi. Rejissyorning fikricha, blokbasterlarni yana-da ko‘proq suratga olsin deya, qirol unga ritsarlikni tortiq qilgan.
«U (qirol) “Oppengeymer”ni ko‘ribdi, film unga yoqqan. Buni eshitish juda yoqimli», — dedi rejissyor.
O‘tgan yilgi “Oskar” taqdirlash marosimida “Oppengeymer” yetti nominatsiyada g‘olib bo‘lgandi: eng yaxshi film, ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli (Kichik Robert Dauni), eng yaxshi montaj, eng yaxshi operatorlik ishi, eng yaxshi saundtrek, eng yaxshi rejissura (Nolan sakkiz nominatsiyadan so‘ng nihoyat ilk oltin haykalchani qo‘lga kiritgan). “Oppengeymer”da bosh rolni ijro etgan Killian Myorfi «eng yaxshi erkak roli» uchun “Oskar” bilan taqdirlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122220 | Инструменты