Ozarbayjon armiyasi Tog’li Qorabog’da “mahalliy aksilterror operatsiyasi”ni boshladi, deb xabar berdi respublika Mudofaa vazirligi o’zining telegram kanalida.
Bir necha daqiqa oldin, tan olinmagan respublikaning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan Tog’li Qorabog’ning ommaviy artilleriyadan o’qqa tutilganini ma’lum qildi.
“Yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalanish tadbirlari doirasida Armaniston Qurolli Kuchlari qo'shinlarining oldinga va chuqur pozitsiyalari va uzoq muddatli o’q otish nuqtalari, shuningdek, jangovar vositalar va harbiy obyektlar yaroqsiz holga keltirildi. Biz yana bir bor e’lon qilamizki, tinch aholi va infratuzilma obyektlari o’qqa tutilmaydi, faqat qonuniy harbiy nishonlar o’qqa tutiladi", — deyiladi harbiy departament bayonotida.
Keyinroq Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari Bokuning Agdam viloyatidagi pozitsiyalarini artilleriya qurilmalaridan o’qqa tuta boshlaganini ma’lum qildi.
Armanistonning “Aravot” nashrining xabar berishicha, tan olinmagan respublika poytaxti – Stepanakert shahrida artilleriya ishi, pulemyotlardan o’q otish va dron parvozlari ovozi eshitilmoqda. Shaharda havo hujumi haqida ogohlantirish e'lon qilingani ma’lum qilindi.
Janglar boshlanganidan keyin Vardanyan Armaniston rahbariyatini “Artsaxni (Qorabog’ning armancha nomi) tan olishga va uning fuqarolarini himoya qilishga qo’shilishga” chaqirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51116 | Инструменты