Huawei 1
Parij-2024: Tolibon Afg‘oniston terma jamoasidagi sportchi xotin-qizlarni tan olmaydi

Tolibon Afg‘oniston terma jamoasi safida Parij Olimpiadasida ishtirok etadigan uch nafar sportchi qizni tan olmaydi.

Umumiy hisobda Afg‘oniston terma jamoasi tarkibiga 6 nafar sportchi bor - uch nafar erkak, uch nafar ayol. 

Tolibon rahbariyati faqatgina uch nafar erkak sportchini tan olishini aytdi.

"Afg‘oniston nomidan faqatgina uch nafar sportchi ishtirok etadi. Ayni paytda Afg‘onistondagi ayollar sporti to‘xtatilgan. Agar xech kim ayollar sportida ishtirok etmasa, qanday qilib ular terma jamoa aʼzosi bo‘lishi mumkin?", - dedi Tolibonning sport ishlari bo‘yicha vakili Atal Mashvani.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120413 | Инструменты