Huawei 1
Pentagon AQSH va uning ittifoqchilari uzoq davom etadigan urushlarga tayyorlanishi kerakligini aytdi

AQSH va uning NATOdagi ittifoqchilari uzoq davom etadigan urushga tayyorlanishlari kerak. Bu haqda AQSH mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ketlin Xiksning vazirlik rasmiy saytida eʼlon qilingan bayonotida aytiladi.

Mudofaa vazirligi rasmiysining AQSH va NATO munosabatlariga bag‘ishlangan bayonoti 9-iyul kuni jamoatchilikka eʼlon qilingan. Unda Vashington va uning hamkorlari hushyorlikka chaqiriladi.

Ketlin Xiks NATO uzoq muddatli urushga tortilishi mumkinligi haqida gapirgan. Bu urush bir necha o‘nlab yillarni va hisobsiz mablag‘larni talab qilishi aytilgan.

Mudofaa vazirligi rasmiysi Pentagonni va unga ittifoqchi kuchlarni jamoaviy harbiy-sanoat salohiyatining ko‘tarishga va bu jarayonni tezlashtirishga chaqirgan. Hukumatlarni yirik va multinatsional xaridlar hajmini oshirishga undagan.

“Bizning ittifoqimiz ancha chuqur ildizlarga ega. Biz bir-birimizni himoya qilamiz va bir-birimizga ishonamiz. Birgalikda kurashish, birga ter to‘kish va birgalikda qurbonlik qilish vaʼdalarimizga sodiq qolamiz”, — degan Ketlin Xiks xonim.

AQSH rasmiysi Vashington boshliq koalitsiyani uzoq muddatli urushga tortadigan raqib nomini aytmagan. Bayonotning ayrim o‘rinlarida Rossiyaning alyans hududiga tahdidi juda ulkan bo‘lishi mumkinligi bildiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты