Huawei 1
Pentagon rahbari e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin e'lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga keldi. CNN maʼlumotlariga koʻra, Ostin prezident Vladimir Zelenskiy va Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov bilan uchrashadi. Ular "Ukrainaning qurolga bo'lgan ehtiyojlarini" muhokama qilishlari rejalashtirilgan.

The Wall Street Journal gazetasining yozishicha, Pentagon rahbari Lloyd Ostin o‘z tashrifi chog‘ida Ukrainaga yangi harbiy yordam berilishini e’lon qilmoqchi emas. Shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Rossiya Federatsiyasining chuqur hududiga zarbalar berish uchun uzoq masofali qurollardan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish rejalashtirilmagan. Nashrning aniqlik kiritishicha, bu katta ehtimol bilan Ostinning mudofaa vaziri sifatida Kiyevga so‘nggi safari bo‘ladi.

16-oktabr kuni Vladimir Zelenskiy besh banddan iborat “g‘alaba rejasi”ni ochiqchasiga e’lon qildi, birinchi bo‘lib u Ukrainani harbiy mojaro tugaguniga qadar NATOga taklif qilish deb atadi. The Washington Post nashrining yozishicha, NATOga a’zo yirik davlatlar, jumladan, AQSh Ukrainaning a’zo bo‘lishi borasidagi pozitsiyasini o‘zgartirmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102114 | Инструменты