AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) kuchlari Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatiga havo hujumi uyushtirdi, natijada “Islomiy davlat” yetakchilaridan biri halok bo‘ldi.
Qo‘mondonlik matbuot bayonotiga ko‘ra, zarba 19-dekabr kuni avvalroq hokimiyatdan ag‘darilgan prezident Bashar al-Asad hukumat kuchlari va Rossiya harbiylari nazorati ostida bo‘lgan hududda amalga oshirilgan.
Hujum natijasida IShIDning ikki jangarisi, jumladan, guruh yetakchilaridan biri Abu Yusif o‘ldirilgan.
Pentagonning taʼkidlashicha, havo hujumi Markaziy qoʻmondonlikning “terrorchilarning AQSh, uning ittifoqchilari va hamkorlaridan tinch aholi va harbiy xizmatchilarga qarshi hujumlarni rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini toʻxtatish” missiyasining bir qismidir.
“Ta’kidlanganidek, Qo‘shma Shtatlar mintaqadagi ittifoqchilari va hamkorlari bilan hamkorlik qilib, IShIDga Suriyadagi mavjud vaziyatdan foydalanib, o‘zini o‘nglab olishiga yo‘l qo‘ymaydi”, — dedi CENTCOM qo‘mondoni general Maykl Erik Kurilla. — IShID hozirda Suriyadagi hibsxonalarda saqlanayotgan 8 mingdan ortiq IShID jangarisini qamoqdan ozod qilmoqchi. Biz bu yetakchilar va jangchilarni, jumladan Suriyadan tashqarida operatsiya o‘tkazishga urinayotganlarni agressiv tarzda ta’qib qilamiz”.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122216 | Инструменты