Perudagi futbol o‘yini vaqtida chaqmoq urishi natijasida bir nafar futbolchi halok bo‘ldi, yana besh nafari jarohatlandi.
Mazkur fojea Peruning markaziy Xuankayo provinsiyasidagi Chilka shahrida ikki mahalliy jamoa – "Juventud Bellavista" va "Familia Siossa" klublari o‘rtasida o‘tkazilgan mintaqaviy turnir vaqtida yuz bergan. Hakam noqulay ob-havo tufayli o‘yinni to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
Eʼlon qilingan videoda chaqmoq hodisasidan so‘ng bir necha futbolchi yerga qulagani, baʼzilari keyinroq o‘rnidan turishga muvaffaq bo‘lgani, baʼzilari esa yotgan joyida qolib ketgani aks etgan.
Hodisa oqibatida 39 yoshli futbolchi Xose Ugo de La Kruz Mesa vafot etgan, yana besh kishi esa jiddiy jarohatlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10315 | Инструменты