Huawei 1
Pezeshkiyon: Eron yadroviy qurol yaratishga intilmayapti

Eron prezidenti Masud Pezeshkiyonning aytishicha, Eron mamlakat rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy fatvosiga ko‘ra yadroviy qurol yaratishga intilmayapti va hech kimning bu siyosatdan chetga chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Eron prezidentligidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Pezeshkiyon Tehronda Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) rahbari Rafayel Mariano Grossini qabul qildi.

Mamlakatining yadroviy dasturi MAGATE bilan hamkorlik doirasida davom etayotganini va shubhalarni bartaraf etishga tayyor ekanliklarini ifoda etgan Pezeshkiyon: “Bir necha bor ta’kidlaganimizdek, Eron hech qachon aniq ma’lumotlarga asoslanib yadroviy qurol ishlab chiqarishga urinmagan va harakat qilmaydi. Hech kimning bu siyosatdan chetga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.

Isroilning tahdidlari haqida Prezident xalqaro hamjamiyat G’azo va Livanda genotsid va urush jinoyatlarini sodir etgan Isroilni to’xtatishi kerakligini ta’kidladi.

Pezeshkiyon, aks holda urush kengayib borishini qo‘shimcha qildi: “Biz urush bizning manfaatlarimizga, mintaqa manfaatlariga va butun dunyo manfaatlariga mos kelmasligiga ishonamiz. Aqli joyida hech kim urush boshlashga va uni tarqatishga urinmaydi, lekin biz xavfsizligimizga qarshi qaratilgan har qanday harakatlarga qat'iy javob beramiz”.

MAGATE direktori Grossi ham Pezeshkiyonning faoliyati Agentlik bilan hamkorlik nuqtai nazaridan ijobiy davr bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Uning ta'kidlashicha, Eron va Agentlik o'rtasidagi yaxshi muloqot va hamkorlik, albatta, Eronning yadroviy faoliyatiga oid shubhalarni yo'q qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111515 | Инструменты