Huawei 1
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi

Portugaliyada 18 may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida Sotsial-demokratik partiya rahbari va bosh vazir vazifasini bajaruvchi Luish Montenegru boshchiligidagi Demokratik alyans (DA) markaziy o‘ng koalitsiyasi yetakchilik qilmoqda. 18 may kuni kechqurun SIC, RTP va TVI telekanallari tomonidan e’lon qilingan ekzitpollar natijalariga ko‘ra, DA 29 foizdan 34 foizgacha ovoz olgan.

Sotsialistik partiyani saylovchilarning 21-26 foizini qo‘llab-quvvatladi. O‘ta o‘ng Chega («Yetarli») partiyasi, RTP jamoatchilik televideniyesi tomonidan e’lon qilingan so‘rov natijalariga ko‘ra, birinchi marta 20 foizlik chegaradan oshib ketdi.

18 may kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlari so‘nggi uch yil ichida mamlakatdagi uchinchi saylov bo‘ldi. Demokratik alyansning ulardagi natijasi uning parlamentdagi ko‘pchilik o‘rinni kafolatlay olmaganini anglatadi. Endi Montenegru yana bir bor ozchilik hukumatini tuzishi yoki boshqa partiyalar bilan koalitsiya bo‘yicha muzokaralar olib borishi kerak, deb yozadi AFP.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60106 | Инструменты