Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya, AQSh va Xitoyda mudofaa xarajatlarini ikki baravar kamaytirish taklifini qo‘llab-quvvatladi va o‘z mamlakatining harbiy budjetini qisqartirishga tayyorligini aytdi.
«Ammo biz Qo‘shma Shtatlar bilan kelishuvga erishishimiz mumkin edi, biz bunga qarshi emasmiz. Menimcha, bu g‘oya yaxshi: Qo‘shma Shtatlar 50 foizga, biz esa 50 foizga qisqartiramiz. Va agar xohlasa, Xitoy Xalq Respublikasi ham qo‘shiladi. Bizning fikrimizcha, taklif yaxshi va bu masala bo‘yicha muhokamalarga tayyormiz», dedi Putin VGTRK telekanaliga bergan intervyusida.
Tramp Rossiya va Xitoy bilan yadro quroli, mudofaa bo‘yicha muzokaralar olib bormoqchi
Fevral oyi o‘rtalarida AQSh prezidenti Rossiya va Xitoy bilan yadroviy qurollarni nazorat qilish va har uch davlatning harbiy budjetlarini qisqartirish bo‘yicha muzokaralar olib borish istagida ekanligini aytdi.
«Hammasini hal qilganimizda, men o‘tkazmoqchi bo‘lgan birinchi uchrashuvlardan biri bu Xitoy raisi Si (Jinping) va Rossiya prezidenti (Vladimir) Putin bilan bo‘ladi. Men harbiy budjetimizni yarmiga qisqartiraylik, deb aytmoqchiman», dedi u.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatlar «yangi yadro qurollarini ishlab chiqishlari shart emas», chunki «bizda u yetarli darajada ko‘p.
«Biz hammamiz ko‘p pul sarflaymiz, biz uni boshqa narsalar uchun ishlatishimiz mumkin, bu, umid qilamanki, yanada samaraliroq bo‘ladi», dedi siyosatchi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22517 | Инструменты