Huawei 1
Qatar josuslikda ayblangan sakkiz nafar Hindiston fuqarosini ozod qildi

Qatar Isroil foydasiga josuslikda ayblangan va mamlakat sudi tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilingan sakkiz nafar Hindiston fuqarosini ozod qildi. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi o'z veb-saytida xabar berganidek, ushbu hindlarning yetti nafari dushanba kuni ertalab o'z vatanlariga qaytdi.

“Josuslar”ning Qatardagi hukmi sir saqlanmoqda va ular qanday jinoyat sodir etgani, nimada ayblangani haligacha noma’lum.

Qatar sakkiz nafar hind fuqarosining hibsga olingani, sudlangani va keyinchalik ozod etilgani haqida ochiqchasiga e’lon qilmagan. CNN Qatar rasmiylariga izoh so‘rab murojaat qilganida, ular Hindiston fuqarolari josuslikda ayblanganini aytgan edi. 

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi ham ushbu ish bo‘yicha sud jarayonining maxfiyligini bahona qilib, ayblovlar tafsilotlarini oshkor qilmagan.

2023-yil oktyabr oyida Qatar sudi sakkiz fuqaroni o‘limga hukm qildi. Hindiston barcha erkaklarning oilalari bilan aloqada ekani va Qatar hukumati bilan hukmni muhokama qilayotganini bildirdi. Dekabr oyida vazirlik jazolar yengillashtirilgani va tez orada batafsil qaror chiqarilishini aytgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты