Qirg‘iziston parlamenti elektron sigaretalarni olib kirish va sotishga taqiqni ma’qulladi

Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlamenti) mamlakatga veyplar (elektron sigaretalar) olib kirish, sotish va ulardan foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini darhol ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi.

Qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlardan ko‘zlangan maqsad, loyihani asoslash hujjatiga ko‘ra, yosh fuqarolarning salomatligi va farovonligini elektron sigaretalar iste’molidan himoya qilishdan iborat.

O‘zgartirishlar, shuningdek, qoidalarni buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni ham nazarda tutadi. Jumladan, belgilanmagan joylarda veyp chekish uchun jismoniy shaxslarga 40 ming som (462 dollar), yuridik shaxslarga 60 ming som (694 dollar) miqdorida jarima belgilandi.

Veyplarni sotgan jismoniy shaxslar 50 ming som (578 dollar), yuridik shaxslar — 65 ming som (751 dollar) miqdorida jarimaga tortiladi. Elektron sigaretalar importi uchun 150−200 ming som (1735−2313 dollar) miqdorida jarima yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70103 | Инструменты