Huawei 2
Qosim-Jomart To‘qayev ham parlament saylovlarida ovoz berdi

Bugun, 19-mart kuni Qozog‘istonda parlamentning quyi palatasi (Majilis), shuningdek, mahalliy hokimiyat organlariga saylov bo‘lib o‘tmoqda.

Mamlakat prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham ushbu parlament saylovida ovoz berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majilisi va mahalliy maslihatlarga saylovda ovoz berishda ishtirok etdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Ostona shahridagi Al-Farobiy nomidagi O‘quvchilar saroyida joylashgan saylov uchastkasida ovoz bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62616 | Инструменты