Huawei 1
Belarus O‘zbekistonda yig‘ma yog‘och uylarni ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nazarov Belarus o‘rmon xo‘jaligi vaziri Aleksandr Kulik bilan uchrashdi.

Vazir Aleksandr Kulik o‘zbekistonlik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalarda to‘xtalib, o‘zaro savdo-sotiq hajmi ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi Shu bilan birga, tovarlar nomenklaturasi kengaytirish, ikki davlat o‘rmon xo‘jaliklari va tegishli idoralar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish hamda hamkorlikni yangi yo‘nalishlarida qo‘shma chora-tadbirlarni jadallashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Tomonlar 2-3 xonali to‘liq sharoitlari mavjud yig‘ma yog‘och uylarni O‘zbekiston hududlarida joylashtirish imkoniyatlari xususida fikr almashdilar. Bu borada, belarus tomoni o‘zbek hamkorlarning tegishli takliflarini, shu jumladan birga ishlab chiqarish tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligi maʼlum qildi.

Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rmon xo‘jaliklari va tegishli idoralar o‘rtasida aloqalarni faollashtirish, kadrlarni tayyorlash, tajriba almashish va urug‘chilikda qator qo‘shma loyihalar amalga oshirishga eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda ovchilik turizmini rivojlantirishni yo‘nalishida birgalikda ishlashga ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishi taʼkidlandi.

Muloqot yakunida belgilangan masalalarni atroflicha muhokama qilish uchun ikki tomon masʼullari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50405 | Инструменты