Huawei 1
3-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi (foto)

«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik aloqalari bundan buyon ham o‘zaro hurmat va umumiy manfaatlar asosida mustahkamlanishiga ishonaman», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanaliga.

Toshkentda daraxtga urilgan BYD yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida uy sharoitida giyohvandlik o‘simliklari yetishtirayotgan shaxslar ushlandi.

Toshkent viloyatida ayol o‘zini Afrosiyob poyezdi tagiga tashlab vafot etdi

Holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilib, sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.

Misr O‘zbekistonda sport kiyimlarini ishlab chiqarishi mumkin

O‘zbekiston elchixonasida Misrning Activ Spors kompaniyasi rahbari Abu Zeyd Abdul Xafiz bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ish vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlab 261 tup daraxt ko‘chati ekildi

Bundan tashqari, baxtsiz hodisalar tufayli xodimlar yoki ularning oila aʼzolariga 3,7 mlrd so‘mdan ortiq tovon pullarini undirish yuzasidan sudlarga daʼvo arizalar kiritildi va undirib berildi.

Rasman: «Haj – 2025» mavsumi 13-may kunidan boshlanadi

O‘zbekistondagi 2025-yilgi Haj mavsumi shu yil 13-maydan boshlanadi. 28-mayga qadar har kuni yurtimizdan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Markaziy bank raisi: Biz energetika sektoridagi tarif islohotining ikkinchi va yakuniy bosqichini yakunladik

Timur Ishmetov 2025-yil Markaziy bank uchun inflyatsiya bo‘yicha «og‘ir yillar seriyasining» oxirgisi bo‘lishiga umid bildirdi. Yil oxirigacha MB inflyatsiyani 8 foizgacha pasaytirishni, kelgusi yil boshidan esa 6 foizlik maqsadli ko‘rsatkichga erishishni kutmoqda.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Toshkent hokimligi ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama shitlari, bannerlar va peshlavhalar olib tashlanishidan ogohlantirdi

Toshkent shahri hokimligi tegishli ruxsatsiz o‘rnatilgan tashqi reklama va axborot konstruksiyalari olib tashlanayotganini maʼlum qildi.

Sherzod Asadov: Ochiq jurnalistika o‘rnini noxolis yondashuv egallab, "so‘z erkinligi" tamoyili o‘zining asl qiymatini tobora yo‘qotib borayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz

"Xalqaro tashkilotlarning tahlillariga ko‘ra, 2025-yilda dunyodagi umumiy vaziyat ilk bor “murakkab” darajaga tushib ketgani sohadagi ahvolning tobora yomonlashib borayotganidan dalolat beradi. Shu bois jamiyatimizda jurnalistning professional mehnati hurmat qilinadigan, fakt va halollik qadrlanadigan, muloqot ochiqlikka asoslanadigan muhitni saqlab qolish va rivojlantirish ayniqsa muhimdir" deya yozgan Prezident matbuot kotibi.

O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bolalarni tilanchilikka jalb qilayotgan ota-onalarga chora ko‘rilyapti – Bolalar ombudsmani

Bolalar ombudsmani Ichki ishlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda respublika hududlarida bolalarni tilanchilikka jalb qilish kabi salbiy holatlarni tizimli ravishda tahliliy o‘rganib borilayotganini maʼlum qildi.

Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi

Farmon bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50405 | Инструменты