Huawei 1
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev oiladagi zo‘ravonlik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashga qaratilgan tuzatishlarni imzoladi

Qonun ayollar huquqlari va bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatining huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tashkiliy asoslarini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Nashrning qayd etishicha, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishi uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi normalar joriy etilmoqda.

Xususan, qonun bilan qasddan badanga yengil shikast yetkazish va oiladagi zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlikni ko‘zda tutadi (bungacha zo‘ravonlar faqat ma’muriy javobgarlikka tortilgan.). Bunday xatti-harakatni sodir etganlarga jarima, jamoat ishlari va qamoq jazolari qo‘llanishi mumkin. Badanga yengil shikast yetkazganlik uchun maksimal jazo — 50 kungacha, kaltaklash uchun — 25 kungacha qamalish mumkin. Qozog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Lepexaning qayd etishicha, jazoga hukm etilganlar jazoni tergov izolyatorida o‘taydi.

Bundan tashqari, jismoniy zo‘ravonlik va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar, shuningdek, kaltaklash va badanga yengil shikast yetkazish to‘g‘risidagi moddalarda nazarda tutilgan harakatlar tomonlar yarashgan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida takroran sodir etilgan holatlarda tomonlarning yarashuviga imkon berilmaydi. 

Qonun bilan oilaviy zo‘ravonlik qurbonlari uchun maxsus ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish nazarda tutilgan.

16 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan jinsiy tahqirlash holatlari uchun jinoiy javobgarlik joriy qilinadi, shuningdek, Qozog‘istonda ilk bor voyaga yetmagan shaxslarni, jumladan internetda ta’qib qilish va qo‘rqitish (bezorilik, kiberbulling) uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. 

Qonunda o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib qilish ham jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilangan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga