Huawei 1
Qozog‘istonda Chechenistonga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

25 dekabr kuni Embraer 190 yo‘lovchi samolyoti Qozog‘iston g‘arbidagi Aqtau shahri yaqinida halokatga uchradi. Orda.kz ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Aqtau aeroporti hududiga qulagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uchgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragan.

Azari Press Agentliyi ma’lum qilishicha, samolyot Kaspiy dengizi ustida halokat signali bergan va majburiy qo‘nish uchun Qozog‘iston tomonga yo‘l olgan. «Sputnik Azerbaydjan» aviakompaniyadagi manbaga asoslanib, samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashib ketganini halokat sababi sifatida keltirgan.

Baza bortda 67 yo‘lovchi va ekipajning besh a’zosi bo‘lganini xabar qilgan. «Ostorojno, novosti» ma’lumotida samolyot bortidagilar 107 kishi bo‘lgani aytilgan.

Samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lib, uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinidagi dalaga qulagan. Flightradar servisi ma’lumotlariga ko‘ra, halokatdan oldin samolyot aeroport ustida aylangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda samolyot qulashi vaqtida olingan videolar tarqalmoqda.

Qozog‘iston FVV Aqtau yaqinida samolyot halokatga uchraganini tasdiqlab, voqea joyida yong‘in chiqqanini ma’lum qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra omon qolganlar borligi aytilgan.

RIA Novosti Grozniy aeroporti matbuot xizmatiga asoslangan holda xabar berishicha, Bokudan uchgan samolyot Grozniydagi noqulay ob-havo tufayli avvaliga Mahachqal’aga, keyin esa Aqtauga yo‘naltirilgandi.

Tengrinews ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘istondagi aviahalokatdan omon qolgan 12 kishi shifoxonaga olib borilgan.

Rossiyadagi «Izvestiya» nashri va «112» telegram-kanali esa omon qolganlar soni 18 kishi ekanini xabar qilgan. Mash ma’lumotida omon qolganlar soni — 20 dan 50 kishigacha ekani aytilgan. Ularning barchasi samolyotning dum qismida bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122602 | Инструменты