Qozog‘istonda Chevrolet avtomobillarining sotuvi qariyb 3 barobarga qisqardi

2024 yilning may oyida Qozog‘istonda 12 032 dona yangi yengil avtomobil sotilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,2 foizga kam.

Xususan, o‘tgan oy davomida qo‘shni respublikada Chevrolet brendi ostida 1345 dona avtomobil sotilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning may oyida 3300 donani tashkil qilgan.2024 yilning yanvar-may oylaridagi umumiy ko‘rsatkich esa 6159 donani tashkil etgan. 2023-yilning dastlabki 5 oyida esa qo‘shni davlatda 17 636 ta Chevrolet avtomobili xarid qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70103 | Инструменты