Huawei 1
Qozog‘istonda harorat 20 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda

Qozog‘istonning ayrim hududlarida 20-noyabr kuni qor yog‘ishi, tuman tushishi va harorat 20 darajagacha sovishi kutilmoqda. Bu haqda “Kazgidromet” ma’lumotlariga tayanib, “Liter.kz” xabar berdi.

Qo‘shni respublikada o‘zgaruvchan ob-havo kuzatilib, poytaxt Ostona, Olmaota va boshqa hududlarda atmosfera hodisalari o‘zining xilma-xilligi bilan ajralib turadi.

Ostona: yomg‘ir va qor

Poytaxtni qarama-qarshiliklarga to‘la kun kutmoqda. O‘zgaruvchan bulutli havo o‘rnini yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar egallaydi. Tunda va ertalab shaharni tuman qoplaydi, shamol esa 3-8 m/s tezlikda esishda davom etadi. Harorat kechasi 11 darajagacha soviydi, kunduzi esa 0 darajada bo‘ladi.

Olmaota: yomg‘irli oqshom va biroz iliqlik

Olmaotada kun o‘zgaruvchan bulutli havo bilan boshlanib, yomg‘ir bilan yakunlanadi. Shamol 10 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-4 daraja, kunduzi 13 darajagacha iliq bo‘ladi.

Chimkent: tumanli tong, yog‘ingarchilik

Janubiy megapolisda yog‘ingarchilikka qaramay iliqlik kuzatiladi. Ba’zida yomg‘ir o‘rnini tuman egallaydi. Shamol 13 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-5 daraja, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.

Boshqa viloyatlar: ayoz, qor va iliq havo

  • Oqmo‘la viloyati: janubda yomg‘ir, qor, muzlik va tuman. Harorat kechasi 14 darajagacha soviydi, kunduzi 1 darajagacha iliqlashadi.
  • Olmaota viloyati: kunduzi yomg‘ir, tog‘larda qor yog‘ishi kutilmoqda. Iliq havo saqlanib qoladi: kechasi 5, kunduzi 13 darajagacha iliq bo‘ladi.
  • Turkiston viloyati: tog‘larda kuchli yog‘ingarchilik, muzlik va tuman tushadi. Kechasi 2 daraja sovuq, kunduzi 15 darajagacha iliq.
  • G‘arbiy Qozog‘istonda kechasi yomg‘ir va qor, kunduzi yer muzlashi kutilmoqda, harorat 3 daraja sovuq, 7 daraja iliq.
  • Ko‘stanay viloyati: qor va tuman. Kechasi 14 darajagacha sovuq, kunduzi 3 darajagacha iliq.
  • Shimoliy Qozog‘iston viloyati: qor, bo‘ron. Harorat kechasi 13 darajagacha, kunduzi 6 darajagacha sovuq.
  • Sharqiy Qozog‘iston viloyati: yog‘ingarchiliksiz, ochiq havo. Harorat kechasi 20 darajagacha sovuq, kunduzi 3 darajagacha iliq.
  • Qarag‘anda viloyatida qor aralash yomg‘ir, kechasi 11 darajagacha sovuq, kunduzi 5 darajagacha iliq.

Olmaota, Jambil va Turkiston viloyatlari kabi bir qator hududlarda janubi-g‘arbiy shamollar tezligi 20-28 m/s gacha yetib, iliqlik va yog‘ingarchilik kuzatiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112019 | Инструменты