Huawei 1
Qozog‘istonda poytaxt kuni nishonlanmoqda

6-iyul Qozog'istonda davlat bayrami - Poytaxt kuni hisoblanadi. Bu yil mamlakat poytaxti o'zining 25 yilligini keng nishonlamoqda.

Aytib o'tish lozimki, 6-iyul sanasi tasodifan tanlanmagan, 1994-yilning shu kuni Qozog'iston Oliy Kengashi poytaxtni Olmaotadan Oqmolaga ko'chirish to'g'risidagi qarorni ma’qullagan edi. 1998-yil 6-mayda Qozog'istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Oqmolaning nomini Ostona deb o'zgartirish to'g'risidagi farmonni imzoladi.

Poytaxt kuni shahar poytaxt maqomiga ega bo'lgan paytdan boshlab nishonlanadi. Avval boshda 10-iyun kuni mahalliy darajada nishonlandi. 2006-yilda esa poytaxt kuni 6-iyulga ko'chirildi. 2008-yilda bayram davlat maqomiga ega bo'ldi, shundan beri 6-iyul butun mamlakat uchun dam olish kuni hisoblanadi.

Qozog'iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev kecha, 5-iyul kuni qardosh shaharlar hokimlari va o‘rinbosarlarining yubiley forumida so‘zlagan nutqi davomida poytaxtni ko'chirish qarorini taqdirli deb atadi. U ushbu qaror o‘ta og‘ir davrda, mamlakat iqtisodiyoti turg‘unlik hukm surayotgan, odamlar bozor munosabatlariga to‘liq moslasha olmagan bir paytda qabul qilinganini alohida ta’kidladi.

To'qayevning soʻzlariga koʻra, hozirda Ostona jadal rivojlanishda davom etmoqda va shaharning xalqaro nufuzi oshib bormoqda. Qozog‘iston poytaxti ular o‘zaro muloqot o‘rnatadigan, turli pozitsiya va manfaatlarga ega bo‘lgan mamlakatlarni o‘zaro tushunish yo‘llarini topadigan haqiqiy tinchlik minbariga aylandi, deydi prezident.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51909 | Инструменты