Huawei 1
Xitoy Hindiston bilan mojaro payti Pokistonga yordam ko‘rsatdi — Bloomberg

Xitoy may oyida Hindiston bilan yuz bergan to‘qnashuv vaqtida Pokistonga havo mudofaasi va sun’iy yo‘ldosh orqali yordam ko‘rsatgan. Bu haqda Hindiston Mudofaa vazirligiga qarashli tadqiqot markaziga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Markaz direktori Ashok Kumarga ko‘ra, Xitoy Hindiston qo‘shinlari va texnikasining harakatlanishini yaxshiroq kuzatish uchun Pokistonga radar va havo hujumidan mudofaa tizimlarini yangilashga yordam bergan. Bundan tashqari, 22-apreldagi Kashmirdagi hujum va qurolli to‘qnashuvlar boshlangan davr oralig‘ida Pokistonga Hindiston ustidagi sun’iy yo‘ldosh kuzatuv imkoniyatlarini yaxshilashda yordam berilgan.

Kumarning ta’kidlashicha, Xitoy Pokistonga Hindistonning havo harakatlariga o‘z vaqtida javob qaytarish imkonini bergan ma’lumotlarni taqdim etgan. Hindiston hukumati Xitoyning mojarodagi ishtiroki tafsilotlarini rasman oshkor qilmagan.

Pokiston avvalroq Xitoy qurollaridan foydalanayotgani haqida ma’lum qilgandi. Biroq yangi ma’lumotlar Pekinning chuqurroq ishtiroki, jumladan, logistika va razvedka yordamini ko‘rsatmoqda. Xitoy va Pokiston, shuningdek, rasmiy Dehli hozircha mazkur xabarga munosabat bildirmagan.

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaro Xitoy qurollarining imkoniyatlarini ko‘rsatdi. Xitoy qurollari ikki davlat o‘rtasidagi voqealardan keyin yuqori samaradorligi bilan e’tirof etildi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51901 | Инструменты