Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatidan keyin uning «sabri tugashni boshlagani»ni ma’lum qildi.
Stubbning so‘zlariga ko‘ra, 17 may kuni u Tramp bilan telefon orqali uzoq gaplashgan, yakshanba kuni ertalab esa Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo‘ng‘iroqlashgan.
«Zelenskiy sabrli, ammo Tramp [Vladimir] Putinga nisbatan sabrini yo‘qotishni boshlagan», — deydi Stubb STT’ga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, oxirgi ikki haftada ishlar «Ukraina uchun ijobiy yo‘nalishda» siljigan. Stubbning qo‘shimcha qilishicha, Finlandiya Zelenskiyning 24-25 iyun kunlari Haagada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi.
14 may kuni Italiyaning ANSA agentligi diplomatik manbalariga tayanib, AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif qilinishiga qarshi ekani haqida yozdi. Hozircha sammitda ishtirok etish uchun alyans tarkibiga kirmaydigan faqat to‘rtta davlat — Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya taklif olgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71601 | Инструменты