Huawei 1
"O‘zbekistonning “EXPO-2025”dagi ishtiroki shunchaki ko‘rgazmada qatnashish emas" — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva “EXPO-2025”ning ochilish marosimidagi nutqida O‘zbekiston o‘z kelajagini barqaror taraqqiyot, ta’lim va innovatsiyalarda ko‘rishini alohida ta’kidladi. 

Yosh avlod energiyani toza manbalardan olishi, madaniyat esa odamlarni birlashtiruvchi kuch bo‘lishi biz uchun juda muhim.

“EXPO-2025” doirasida Yaponiyada Alibek Kabdurahmonov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri sahnaga chiqdi.

Yaponiyada sozandalarimizni yaxshi bilishadi va qadrlashadi. Shu bois bu konsert Quyosh chiqar yurt aholisi uchun chinakam sovg‘a bo‘ldi.

Dastur doirasida gala-konsert, shu jumladan Amatobu Kaguraning O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi azaldan do‘stona aloqalarni madh etuvchi Celestial Dance / 天翔神楽 nomli yangi asarining jahon premyerasi bo‘lib o‘tdi", deydi prezident yordamchisi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51902 | Инструменты