Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirov parlament va maslahat deputatlari saylovining dastlabki natijalarini e’lon qildi.
MSKning dastlabki natijalariga ko‘ra:
- “Amanat” partiyasiga 3 million 431 ming 510 kishi ovoz berdi, 53,9%;
- “Ovul” Xalq demokratik vatanparvarlik partiyasi uchun – 693 938 nafar, 10,9% ;
- “Aq Jol” demokratik partiyasi uchun – 535 139 nafar, 8,41%;
- Qozog‘iston Xalq partiyasi uchun – 432 920 nafar, 6,8% ;
- “Respublika” partiyasi uchun – 547 154 nafar, 8,59%;
- Milliy sotsial-demokratik partiya uchun – 331 058 nafar, 5,2%;
- Qozog‘istonning “Baytak” yashil partiyasi uchun – 146 431 nafar, 2,3%.
- “Hammasiga qarshi” ruknida 248 291 qozog‘istonlik yoki 3,9% saylovchi belgilangan.
Qayd etish mumkin, 19-mart, yakshanba kuni Qozog‘istonda parlament majlisi va barcha darajadagi maslahat deputatlari saylovi bo‘lib o‘tdi. Majlisga saylovda 7 ta siyosiy partiya ishtirok etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111616 | Инструменты