Amerika Qo‘shma Shtatlari Tayvanning TSMC kompaniyasidan Xitoyga sun’iy intellekt sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan chiplarni yetkazib berishni to‘xtatishni rasman talab qildi, deya xabar bermoqda Reuters bu masaladan xabardor manbaga tayanib.
"AQSh dushanba kunidan boshlab TSMC kompaniyasidan xitoylik mijozlarga sun'iy intellekt sohasida tez-tez ishlatiladigan ilg'or chiplarni yetkazib berishni to'xtatishni talab qildi", deb yozadi agentlik.
Maktubda qayd etilgan AQSh Savdo Departamentining cheklovlari Xitoyga 7 nanometrli ilg'or chiplar va grafik ishlov berish bloklari (GPU) va sun'iy intellekt tezlatgichlari uchun yanada ilg'or chiplarni yetkazib berishga ta'sir qiladi.
Avvalroq, Nikkei Asia manbalariga tayanib, TSMC AQSH eksport nazoratiga rioya qilish choralari kuchaytirilgani sababli Xitoyning bir qancha kompaniyalari uchun sunʼiy intellekt (AI) va yuqori unumdor hisoblashlar uchun chiplar ishlab chiqarishni toʻxtatib qoʻyishi haqida xabar bergan edi.
Oktyabr oyida Bloomberg agentligi TSMC xitoylik elektronika ishlab chiqaruvchisi Huawei mahsulotlarida AQSh sanksiyalarini buzgan holda topilganidan so‘ng mijozga yarimo‘tkazgich yetkazib berishni to‘xtatgani haqida xabar bergan edi.
2022-yil oktabr boshida Qo‘shma Shtatlar Xitoyning 28 texnologik kompaniyasiga butun dunyo bo‘ylab Amerika texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan yarimo‘tkazgich chiplariga kirishni taqiqladi. Taqiq nafaqat Amerika kompaniyalarining ta'minotiga, balki Amerika yarimo'tkazgich texnologiyasidan foydalanadigan dunyodagi istalgan kompaniyaga ham tegishli.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111309 | Инструменты