Huawei 1
Reuters: Rossiya Xitoyga eng yirik neft yetkazib beruvchiga aylandi

2023-yil oxirida Rossiya Saudiya Arabistonini ortda qoldirib, Xitoyga eng yirik xom neft yetkazib beruvchiga aylandi. Bu haqda Reuters 20-yanvar, shanba kuni Xitoy bojxona maʼlumotlariga tayanib yozdi.

Ushbu ma'lumotlarga ko'ra, 2023-yilda Rossiya Federatsiyasidan Xitoyga neft yetkazib berish 107,02 million tonnani tashkil etdi, bu kuniga 2,14 million barrelga teng. Bu Xitoy va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi munosabatlar tarixidagi yoqilgʻi yetkazib berish boʻyicha rekord miqdor boʻlib, raqam Xitoyga boshqa neft eksport qiluvchi davlatlar – Saudiya Arabistoni va Iroqdagidan ancha yuqori, deya qayd etadi agentlik.

Shu bilan birga, Xitoy Saudiya Arabistonidan neft sotib olishni Rossiya Federatsiyasi foydasiga 1,8 foizga (85,96 million tonnagacha) qisqartirdi. Biroq, 2023-yilda Xitoyga xom neftning umumiy importi rekord darajadagi 563,99 million tonnagacha o‘sdi, deb yozadi Reuters.

Rossiya deyarli butun neftini Hindiston va Xitoyga sotadi

2023-yil oxirida Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak mamlakat neft eksportining taxminan 45-50 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelishini, Hindistonning ulushi esa ikki yil ichida deyarli noldan 40 foizga o‘sganini aytdi. 2023-yilda Rossiya Federatsiyasidan Yevropaga neft eksporti umumiy yetkazib berishning 40-45 foizidan 4-5 foizigacha kamaydi, dedi Novak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62911 | Инструменты