Huawei 1
Rolls-Royce 2022-yilda rekord miqdordagi avtomobillarni sotdi

Britaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce Motor Cars kompaniyasi 2022-yilda jami 6021 ta avtomobil sotdi. Bu bir yil oldingiga nisbatan 8 foizga ko’p ko’rsatkichni tashkil qildi va kompaniyaning deyarli 120 yillik tarixidagi mutlaq rekord bo’ldi.

Kompaniya o’z mahsulotlariga talab kuchliligicha qolayotganini, mijozlar “o’zlarining noyob Rolls-Royce avtomobillari uchun yarim million yevro to’lashga tayyor” ekanligini va yangi avtomobillarga oldindan buyurtmalar 2023-yil uchun deyarli amalga oshirib bo’linganini ta’kidladi.

Aytib o’tish lozimki, Qo’shma Shtatlar Rolls-Royce avtomobillari uchun eng yirik bozor bo’lib, savdoning 35 foizini tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, Xitoyda COVID-19 bilan bog’liq vaziyat tufayli savdo biroz pasaygan bo’lsa ham mamlakat kompaniyaning ikkinchi yirik bozori bo’lib xizmat qilmoqda.

Oldindan berilgan buyurtmalar ko’pligini, jumladan, 2023-yil oxiriga kelib sotuvga chiqariladigan yangi Spectre birinchi to‘liq elektr modelini hisobga olgan holda, kompaniya bu yil ham sotuvlar o’sishini kutmoqda.

Ma’lumotlarga ko’ra, 2022-yilda butun dunyo bo’ylab talab eng katta bo’lgan model - Rolls-Royce Cullinan va Ghost bo’lgan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq 2022-yilda taqdim qilingan eng chiroyli avtomobillar haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122620 | Инструменты