Huawei 1
Rossiya ATACMS bilan Kursk aerodromiga berilgan zarbani tasdiqladi

Rossiya Mudofaa vazirligi ATACMS uzoq masofali ballistik-taktik raketasi Kurskdan 7 kilometr uzoqlikda joylashgan Kursk-Vostochniy aerodromiga urilganini tasdiqladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi kecha, 26 noyabr kuni bayonot berdi.

Bayonotga ko‘ra, uch kun ichida Ukraina Qurolli kuchlari uzoq masofali G‘arb qurollari bilan Kursk viloyatidagi nishonlarga ikkita zarba bergan.

Shunday qilib, 25 noyabr kuni Kursk-Vostochniy aerodromida sakkizta ATACMS raketalari tomonidan zarba berildi, yettitasi S-400 havo mudofaa tizimi va “Pansir” KZRK havo mudofaa raketa tizimining jangovar ekipajlari tomonidan urib tushirilgan va bittasi nishonga yetib borgan.

Bo‘laklar qulashi oqibatida ikki harbiy xizmatchi yengil jarohatlangan va infratuzilma ob’ektlari biroz shikastlangan.

Shuningdek, 23 noyabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari Kurskdan 37 km shimoli-g‘arbda joylashgan Lotarevka aholi yashash punkti hududida S-400 zenit-raketa diviziyasi pozitsiyasiga beshta ATACMS raketasi bilan zarba bergan edi . Uchtasi “Pansir” KZRK havo mudofaasi tizimi tomonidan yo‘q qilingandi, ikkitasi nishonga borib urilgandi. Oqibatda radar stansiyasi shikastlangan, xodimlar orasida qurbonlar bo‘lgan.

Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, javob choralari tayyorlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112719 | Инструменты