U nga yetti yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.
Rossiya Qozog‘istonga tovlamachilik va firibgarlikda ayblangan jinoiy guruh a’zosini ekstraditsiya qildi. Respublika Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, unga yetti yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur jinoiy guruh ilgari sudlangan bir nechta shaxsdan iborat bo‘lgan. 2022–2023-yillarda jinoyatchilar Qozog‘istonning Jambil viloyatida tovlamachilik, qarzlarni undirish va himoya qilish bilan shug‘ullangan. Jinoyatdan so‘ng gumonlanuvchi mamlakatni tark etgan va xalqaro qidiruvga berilgan. 2024-yil avgust oyida u Rossiyaning Amur viloyatida qo‘lga olingan.
Gumonlanuvchining ismi va u haqidagi boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan. Hozirda u tergov izolyatorida saqlanmoqda. Bosh prokuratura press-relizida qayd etilishicha, u ozodlikdan mahrum qilish bilan bir qatorda mol-mulkini musodara qilish jazosiga ham duch kelishi mumkin. Jinoiy guruh yetakchisi va boshqa a’zolari turli muddatlarga qamoq jazosiga hukm qilingan.
2024-yil may oyida Qozog‘iston huquq-tartibot organlari Rossiyaga «vor v zakone» Stepan Furman (Stepa Murmanskiy)ni topshirgan edi. U jinoiy ierarxiyada eng yuqori mavqega ega bo‘lishda ayblangan. Murmansk viloyati sudi qasamyod qilgan hakamlar hay’ati uni oqlagan, biroq apellyatsiya instansiyasi hukmni bekor qilib, ishni qayta ko‘rib chiqishga yuborgan. Shundan so‘ng, gumonlanuvchi mamlakatdan qochib ketgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22106 | Инструменты