Huawei 1
Rossiyada ayrim migrantlar patensiz ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi

RF prezidenti Vladimir Putin chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiyada mehnat faoliyatini patent olmasdan amalga oshirishlari imkonini beruvchi farmonni imzoladi.

Buning uchun ular daktiloskopiya (barmoq izlari) topshirishi, giyohvand moddalar hamda xavfli infeksion kasalliklar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Rasmiy huquqiy axborot internet portalida e’lon qilingan hujjatda belgilanishicha, «chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiya Ichki ishlar vazirligining hududiy organida barmoq izlari orqali shaxsni identifikatsiya qilish jarayonidan o‘tsa, ish ruxsatnomasi yoki patent olmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega».

Yana bir shart – tibbiy ko‘rikdan o‘tish kerak bo‘ladi, unda giyohvand yoki psixotrop moddalarni shifokor retseptisiz iste’mol qilish, shuningdek, yangi turdagi xavfli psixoaktiv moddalar yoki atrofdagilar uchun xavf tug‘diruvchi yuqumli kasalliklar bor-yo‘qligi tekshiriladi.

Mazkur farmonga ko‘ra, bunday kasalliklar qatoriga, xususan, OIV ham kiritilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32607 | Инструменты