Huawei 1
Rossiyada koronavirusning yangi XEC varianti aniqlandi

Rossiyada koronavirusning yangi turi — XEC bilan kasallanishning ikki holati aniqlandi.

“Rospotrebnadzor” ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik Rostov viloyati va Ufa shahrida qayd etilgan. XEC alomatlari omikron simptomlariga o‘xshash.

“Rossiya hududida aylanayotgan SARS-CoV-2 nukleotid ketma-ketliklarining molekulyar-genetik monitoringi doimiy ravishda olib borilmoqda”, deyiladi idora xabarida.

“Rospotrebnadzor” ikki hududda aniqlangan koronavirusning yangi holatlari haqida batafsil ma’lumot keltirmagan.

XEC — omikronning KS.1.1 va KP.3.3 kichik variantlaridan hosil bo‘lgan koronavirusning kichik varianti. Simptomlar orasida isitma, tomoq og‘rig‘i, yo‘tal, hid bilish va ishtaha yo‘qolishi, tumov, tana va bosh og‘rig‘i bor. XEC varianti Fransiya (21 foiz hollarda), Germaniya (15 foiz) va Buyuk Britaniyada tarqalgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92513 | Инструменты